Moskvada terakt uyushtirganlikda ayblanayotgan 4 nafar shaxs qamoqqa yuborildi. Ular aybiga iqror bo‘lgan

Foto: “RIA Novosti”

Moskvaning Basmanniy tuman sudi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida terakt uyushtirishda ayblanayotgan ikki kishini hibsga yubordi, deb xabar beradi “RIA Novosti” sud zalidan.

Tojikiston fuqarolari bo‘lgan Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rachabalizoda, Muhammadsobir Fayzov va Shamsiddin Faridunni sud ikki oy — 22-mayga qadar qamoqda saqlash haqida qaror chiqardi. Ularning barchasi aybiga iqror bo‘lgan.

Sud majlisidan oldin gumonlanuvchilarga nisbatan terakt haqidagi modda bo‘yicha ayblovlar e’lon qilingandi. Ushbu moddalar bo‘yicha eng og‘ir jazo — umrbod ozodlikdan mahkum etish jazosidir.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati terakt sodir etishda gumonlanayotgan to‘rt kishi qo‘lga olingani haqida 23-mart kuni ertalab ma’lum qilgandi. Maxsus xizmatlar talqiniga ko‘ra, ular mashinada Rossiya-Ukraina chegarasi tomonga harakatlanib, qochishga uringan. Tergov doirasida jami 11 kishi qo‘lga olingan. Qolgan 7 kishi kim ekanligi, ular hozirda qayerdaligi haqida xabar berilmayapti.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.