6 yashar qizga uyatsiz harakatlar qilgan 60 yoshli erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bolalar ombudsmaniga jamoatchilik faollariga murojaat qilgan Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi fuqaro Ye.N. ning murojaati kelib tushdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 11-iyun kuni Ye.N. ning qo‘shnisi, 1964-yilda tug‘ilgan S.Sh. 2018-yilda tug‘ilgan qizi M.K. ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlandi.
19-iyun kuni Nurafshon shahar IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan S.Sh. ga Jinoyat kodeksi 129-moddasi 2-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bugun, 20-iyun kuni sudga S.Sh. ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma kiritildi.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur jinoyat ishi bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida kuzatuvni davom ettirmoqda.
Sharhlar