Argentina global sherik sifatida NATOga qo‘shilishni so‘radi

Luis Petri. Foto: Reuters

Argentina NATOga murojaat qilib, alyansning global sherigiga aylanish istagini bildirdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Luis Petri Bryusselda NATO bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuvdan keyin ma’lum qildi.

“Biz o‘z kuchlarimizni NATO standartlariga muvofiq modernizatsiya qilish va o‘qitish imkonini beruvchi aloqalarni tiklash ustida ishlashda davom etamiz”, — deyiladi Petrining bayonotida.

NATO saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, sheriklik doirasida mamlakatlar g‘oyalar bilan bo‘lishishi, mudofaa institutlarini mustahkamlash borasida konsultatsiyalar olishi, o‘quv mashqlarida qatnashishi va ilmiy loyihalar sohasida hamkorlik qilishi mumkin.

NATOga 32 ta davlat kiradi. Yana 40 dan ortiq mamlakat bilan alyans sheriklik aloqalarini o‘rnatgan. Ular orasida Armaniston, Gruziya, Ukraina, Isroil va BAA bor.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.