7 yashar jiyanini urib o‘ldirgan amma 5 yilga qamaldi
2024 yilning mart oyida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani Cho‘lobod qishlog‘ida yashovchi ayol 7 yashar jiyanini urib o‘ldirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Mazkur ish sudda ko‘rib chiqilgan va qotil amma 5 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qilmoqda.
“Voqea sodir bo‘lgan kuni 20:00 da amma jiyanini uxlab yotgan joyidan uyg‘otib, darsini tayyorlay olmayotganini bahona qilib, jazolash maqsadida tashqarida yomg‘ir yog‘ishiga qaramay hovliga chiqarib yuborgan. Shundan so‘ng u qizcha hojatini chiqazib yuborganini vaj qilgan va sochidan tortib, yerga yiqitgan, qo‘li bilan uning tana qismining turli joylariga urgan va oyog‘i bilan tepgan. Kamiga hovlida yugurtirgan, qizcha sekinlashgan yoki charchagan taqdirda yog‘och tayoq bilan tanasining turli joylariga, jumladan, boshiga jarohat yetkazgan”, – deyiladi xabarda.
Sud jinoyatchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-modda (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish moddasi tayinladi.
Sharhlar