345 ming ya’ni 46,9 foiz abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmadi

Foto: oliygoh.uz

mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam.

Testga kirgan abituriyentlarning 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 balni ham to‘play olmagan.

56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qiladi.

O‘tgan yili 49,4% foiz, aniqrog‘i 439 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 2.5% ga yaxshilandi.

2024-yilda eng yomon ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (51,8%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Toshkent shahrida (35,9%) qayd etilgan.

O‘tgan yili 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bunday hududlarning soni 4 taga tushdi. Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyati o‘z natijasini yaxshilab, 50 foizdan pastki chiziqqa o‘tgan.

O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:

  • Toshkent shahri — 4,9%
  • Toshkent viloyati — 4,9%
  • Jizzax — 3.7%
  • Buxoro — 3,5%
  • Sirdaryo — 3,1%

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.