Aeroportda ahvoli yomonlashgani aytilgan 37 yoshli ayol kasalxonada vafot etdi
Avvalroq aeroportda 37 yoshli ayol vafot etganligi to’g’risidagi xabar yolg’onligi haqida xabar bergan edik.
Olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashagan 1986-yilda tug‘ilgan ayol Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelib, sog‘ligi yomonlashganligi sababli, Chilonzor tumanida joylashgan RSHTYOIMga olib kelingan.
Tibbiy reanimatsion muolajalarga qaramasdan, ayolda biologik o‘lim holati qayd etilgan. Marhumaning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Bosh Prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ulashish:
Sharhlar