Akbar Jo’rayev birinchi kumush medalni terma jamoa hisobiga yozib qo’ydi
Og’ir atletika bo’yicha -102 kg vazn toifasida dast ko’tarish mashqi o’z nihoyasiga yetib, unda O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo’rayev 185 kg natija qayd etib 3-o’rinda ketayotgan edi.
Bahs davomida og’ir atletikachi Akbar Jo’rayev o’z sovrinlari orasiga Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining kumush medalini ham qo’shib qo’ydi.
-102 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi dast ko’tarishda 185 kg, siltab ko’tarishda 219 va umumiy hisobda 404 kg bilan kumush medalga sazovor bo’ldi.
Avvalroq, Svetlana Osipova ishtirokini g’alaba bilan boshlaganligi haqida xabar berilgan edi.
Ulashish:
Sharhlar