Florida shtatidan bo‘lgan ishbilarmon va Donald Trampning saylovoldi kampaniyasining homiysi Stiven Linch Shveysariyada bankrotlik jarayonida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilayotgan “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini sotib olish uchun AQSh hukumatidan ruxsat so‘ramoqda, deb xabar bermoqda Wall Street Journal.
“Bu Amerika va Yevropaning energiya yetkazib berish ustidan nazoratini o‘rnatishi uchun noyob imkoniyatdir”, — deya ta’kidladi Linch kelishuvning ahamiyatini tushuntirar ekan. Uning fikricha, gaz quvurini sotib olish AQShga Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarda qo‘shimcha ta’sir vositalarini beradi. 11 milliard dollarga baholangan “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini Linchning hisob-kitobiga ko‘ra, “arzon narxda” sotib olish mumkin.
Linch Moskva shahrida deyarli 20 yil faoliyat olib borgan va ilgari ham Rossiya aktivlarini chegirmalar bilan sotib olgan. WSJning qayd etishicha, 2022-yilda Linch AQSh Moliya vazirligidan ruxsat olib, sanksiyalar ostiga tushgan Sberbankning Shveysariyadagi filialini sotib olish bo‘yicha bitimni yakunlagan edi. Shuningdek, 2007-yilda u investorlar guruhi bilan birga sobiq “YUKOS” aktivlarini sotish bo‘yicha o‘tkazilgan soxta auksionda ishtirok etgani sababli Rossiya hukumati bilan ehtimoliy aloqalari haqida savollar paydo bo‘lgan.
Sharhlar