Andijondagi holat bo’yicha qo’shimcha ma’lumot berildi

Foto: Videodan ko'chirma

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 14-iyul soat 15:15 da Xo‘jaobod va Jalaquduq tumani oralig‘idagi “Oqbo‘yrasoy” ustidagi ko‘prikda ro‘y bergan holatdan so‘ng barcha zaruriy harakatlar olib borilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tuman hokimliklari rahbariyati vakillari hamda FVB qutqaruvchilari hodisa joyida zarur harakatlarni olib bormoqda.

Hozirda “Oqbo‘yrasoy” oqimi barqaror ravishda harakatlanmoqda.

“HududgazAndijon” rahbariyati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prik qulashi oqibatida Xo‘jaobod tumani hududida tabiiy gazdan uzilib qolgan 2 ming 890 ta xonadonda 1 soat ichida ta’minot tiklanadi. Ayni vaqtda tuzatish bo‘yicha amaliy ish jarayonlari yakunlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan yoki qurbon bo‘lganlar yo‘q.

Avvalroq, kuchli sel tufayli Andijonda ko’prik qulab tushgani haqda xabar berilgan edi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.