Uchish masofasi 700 kilometrgacha: Eron Rossiyaga yangi raketalarni yetkazib berdi

Ракеты
Фото: Iran's Presidency/WANA (West Asia News Agency)/Handout via REUTERS/

Eron Rossiyaga 400 ga yaqin ballistik raketa yetkazib bergan. Yaqinda yuborilganlari orasida Zolfaghar raketalari bo‘lib, ular 300 dan 700 metrgacha masofadagi nishonlarni ura oladi. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshlariga qaraganda, Moskva va Tehron o‘tgan yil oxirida shartnoma tuzgan, qurol-yarog‘ yetkazib berish esa yanvar boshida boshlangan. Reuters’ning Erondagi manbasi anonim holatda ma’lum qilishicha, jami to‘rt marta raketalar yetkazib berilgan, yaqin haftalarda esa Rossiya qurollarning yangi partiyalarini kutmoqda.

Eron Mudofaa vazirligi va Islom inqilobi posbonlari korpusi Reuters’ga izoh berishdan bosh tortdi. Rossiya Mudofaa vazirligi ham izoh haqidagi so‘rovga javob bermadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.