AQShda yangi mpox shtammi bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi

Фото: BFM

Kaliforniyada mpox virusining yangi shtammini (ilgari “maymunchechak” deb nomlanuvchi)  yuqtirgan birinchi odam aniqlandi. Yuqtirilgan shaxs yaqinda Sharqiy Afrikadan qaytgan bo’lgan. Hozirda u uyda davolanmoqda va tuzalib ketdi, deya xabar bermoqda Reuters.

“Clade” 1 shtammi birinchi marta Afrikada bu yil paydo bo’ldi. Sentabr oyining oxiridan beri, asosan, Burundi, Uganda va Kongo DRda 3,1 mingdan ortiq infektsiya holati qayd etilgan. Virus boshqa mamlakatlarda, jumladan Germaniyada ham aniqlangan.

14-avgust kuni JSST turli mamlakatlarda mpox bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli favqulodda holat e’lon qildi. Yil boshidan buyon Afrikada deyarli 19 ming holat va 500 dan ortiq o’lim qayd etilgan. Kasallikning belgilari orasida ko’ngil aynishi, isitma, toshma, qichishish va mushak og’rig’i mavjud.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.