Atmosferaga chiqayotgan zararli gaz miqdori kamaymoqda

Фото: telegra.ph

Poytaxtda transport tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar to‘g‘risida “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati batafsil ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra:

  • 2023 yilda 94,6 mln yo‘lovchi jamoat transportidan foydalanishni boshlagan.
  • Atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdori 61,9 ming tonnaga kamaygan.
  • 2023 yilda 27 avtobus yo‘nalishi to‘liq elektrobuslarga o‘zgartirilgan.

“Natijada avtobuslardan havoga chiqadigan zararli moddalar miqdori oyiga 93,3 tonnaga kamayishga erishilgan”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, elektrobuslar harakatlanayotgan yo‘nalishlarda yo‘lovchi oqimi 188% ga oshganligi ham qayd etilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.