“Ayollar daftari”ga kimlar kiritiladi
“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
- ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
- tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
- boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
- uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
- qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.
“Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi bo‘yicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi bo‘yicha doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turmasligi “Ayollar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Ulashish:
Sharhlar