BAA terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin

Foto: Tasnimnews.com

15-oktabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida BAAga qarshi o‘ynaydi, deb yozadi “Olamsport”.

BAA terma jamoasi O’zbekistonga 4 yo‘qotish bilan kelayotgani haqida xabar berildi. 4 futbolchidan biri Fabio De Limadir. “Al Vasl” klubi futbolchisi 2013 yilda O’zbekiston fuqarosi pasportini olgan va BAA chempionatida osiyolik legioner sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu holat O’zbekistonda tekshiruvga sabab bo‘lgan va bu raqamli pasport aslida boshqa odamga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan.

Shu bois Fabio hech qachon O’zbekistonga uchib kelmaydi. O’z vaqtida “Nasaf” OChLda “Al Vasl”ni qabul qilgan va De Lima Qarshiga kelmagandi. Yaqindagina “Al Vasl” “Paxtakor”ga qarshi o‘ynadi, tushunganingizdek Fabio kelmadi. U 15 oktabr kungi bahsni ham BAAdan turib tomosha qiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.