“Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuxrat Qudratullayev qo‘lga olingani aytilmoqda
“Baxti Tashkentskiy” Baxtiyor Qudratullayevning akasi Shuxrat Qudratullayev qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Kun.uz o‘z manbasiga tayanib.
1966-yilda tug‘ilgan Shuxrat Qudratullayev oldinroq Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan edi.
U bilan birga yana ikki kishi – 1964-yilda tug‘ilgan Husan Isomiddinov hamda 1988-yilda tug‘ilgan Feruz Vapayevga nisbatan ham qidiruv e’lon qilingandi. Ushbu shaxslarni ko‘rgan yoki qayerda ekanligi haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan Toshkent shahar IIBBga murojaat qilish so‘ralgan.
Avvalroq, 2023-yilning 3-dekabrida Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan “Baxti Tashkentskiy” va “Baxti Yangiabadskiy” laqabi bilan tanilgan 52 yoshli Baxtiyor Qudratullayev qo‘lga olingan edi.
Keyinroq unga yaqin bo‘lgan shaxslar, qolaversa uning 1996-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Qudratullayev Ixtiyor ham qo‘lga olingan.
Sharhlar