Toshkentda beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

Фото: Соц. сети

Toshkentda beshta avtomobil — Lacetti, 3 ta Cobalt va Kinglong rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar qiladi Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi axborot xizmati.

Voqea Toshkentning Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida 14-mart kuni soat 19:40 larda sodir bo‘lgan.

YTH natijasida 3 nafar haydovchi tan jarohat olib shifoxonaga olib ketilgan.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.