Hindistondagi mehmonxonada o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Фото: indiatoday.in

Hindistonning Karnataka shtati Bengaluru shahridagi mehmonxonalardan birida o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi Bengaluru shahri politsiya idorasi vakillari bilan tezkor tarzda aloqa o‘rnatdi va mazkur holat bo‘yicha oydinlik kiritish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirmoqda, deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 13-mart kuni mazkur shaharning Jagadish Hotel mehmonxonasida O’zbekiston fuqarosi, 1997-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Z.J. ismli ayol o‘z xonasida o‘lik holatda topilgan.

Hozir mutasaddi tashkilotlar tomonidan mazkur hodisaning sabablari aniqlanmoqda. Diplomatik missiyasining konsullik bo‘limi ushbu jarayonni o‘z nazoratiga olgan.

Elchixona tomonidan zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida marhumaning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.

Mahalliy OAVlar xabarlariga ko‘ra, bo‘g‘ish orqali qotillik versiyasi ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, marhumaning telefoni va qimmatbaho ashyolari o‘g‘irlab ketilgan. Uning xonasiga mehmonxonaning ikki xodimi kirgan, xona esa boshqa odam tomonidan bron qilingan bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.