Beshta hududda qattiq maishiy chiqindilar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi. Bu haqda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
“Bu borada ishchi organ etib belgilangan Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida to‘lov tariflariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar, xususan, ish haqi 1,5 baravarga, avtotransport yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va ehtiyot qismlari qiymati hamda kommunal xizmatlar, jumladan, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suvi narxlari 2 baravarga, siqilgan tabiiy gaz narxi 4 baravarga, benzin 1,5 baravarga, dizel yoqilg‘isi esa 2 baravarga oshgan”, – deyiladi xabarda.
Biroq chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar tariflari oxirgi 2-4 yil davomida qayta ko‘rib chiqilmagan, bu esa sanitar tozalash korxonalarining moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Sharhlar