Gaagadagi sud Isroil tomonidan Falastin hududlarining egallab olinishi qonuniyligini ko‘rib chiqadi

Фото: Delfi

Bugun, 21-fevral kuni BMT oliy sudida Isroil tomonidan Falastin hududlarining bosib olinishi qonuniyligini ko‘rib chiqish bo‘yicha eshituvlar chog‘ida AQSH va Rossiya o‘z argumentlarini taqdim etadi.

2022-yilda BMT Bosh assambleyasi Xalqaro sud (Jahon sudi deb ham ataladi)ga murojaat qilib, istiloning huquqiy oqibatlari haqida majburiy bo‘lmagan xulosa chiqarishni so‘ragandi.

Jarayonda ishtirok etmayotgan Isroil sud aralashuvi muzokaralar yo‘li bilan vaziyatning tartibga solinishiga zarar yetkazishi mumkin, deya o‘z izohlarini bergandi. 2022-yilda Vashington sud xulosasi chiqarilishiga qarshi chiqdi, bugun esa istiloning qonuniyligi haqida qaror chiqara olmasligini e’lon qilishi kutilmoqda.

50 dan ortiq davlat o‘z dalillarini 26-fevralga qadar taqdim etadi. Misr va Fransiya ham bugun chiqish qilishi kerak.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.