AQSHda boshpanasiz shaxs samolyotni olib qochdi

Фото: Рамблер

AQSHda 50 yoshli uysiz erkak 150 ming dollarlik xususiy samolyotni olib qochdi, deb xabar bermoqda Independent. U samolyotga minib, 40 km masofani bosib o‘tgan, so‘ng plyajga borib qo‘ngan. Qo‘nish chog‘ida samolyot bir necha marta ag‘darilib ketgan, ammo erkakka ziyon yetmagan.

Mahalliy politsiyachilar o‘g‘rini qo‘lga olgan, u Luis Gustav Ayres ismli uysiz bo‘lib chiqqan. U samolyotni shunchaki o‘g‘irlamaganini, balki shu bilan hukumatga aeroportlar juda yomon qo‘riqlanishini ko‘rsatmoqchi bo‘lganini aytdi. Hatto u samolyotni olib qochib ketganidan keyin bu haqda darhol xabar topishmagan.

Erkak samolyotni qanday o‘t oldirgani noma’lum. Ayni paytda u hibsda saqlanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.