Xitoyning uchta eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi

Фото: РИА

Xitoyning Industrial and Commercial Bank of China (ICBC), China Construction Bank (CCB) va Bank of China banklari Rossiyaning sanksiyalarga uchragan moliyaviy tashkilotlaridan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi, deb xabar beradi “Izvestiya” “Pervaya gruppa” bosh direktori Aleksey Poroshin va “Impaya Rus” kompaniyasi tijorat direktori Aleksey Razumovskiyga, shuningdek, yirik biznes birlashmaga yaqin manbasiga tayanib.

Ushbu banklar Xitoyda aktivlar hajmi bo‘yicha birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallaydi. Sanksiyaga uchramagan Rossiya banklari bilan operatsiyalar hozircha davom etmoqda.

ICBC va CCB banklari sanksiyalar ostida qolgan banklardan tushayotgan barcha to‘lovlarni rad etmoqda, qanday banklararo o‘tkazmalar tizimi (SWIFT, Rossiyaning SPFC yoki Xitoyning CIPS)dan foydalanilayotganidan qat’iy nazar, deya ma’lum qildi nashrning Rossiya bankidagi manbasi. Xitoy banklari ushbu vaziyatni kompaniyalarning ichki siyosati bilan izohlamoqda. Manba qayd etishicha, cheklovlar 2024-yil boshigacha ham kiritilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.