AQSHda “Zang” filmining qurol bo‘yicha mutaxassisi qotillikda aybdor deb topildi

Фото: ВВС

AQSHda tasvirga olingan “Zang” (Rust) filmining qurol bo‘yicha mutaxassisi Xanna Gutyerres Rid ehtiyotsizlik bilan odam o‘ldirishda aybdor deb topildi. Sud uni aktyor Alek Bolduinning qo‘liga jangovar patron bilan o‘qlangan to‘pponcha kelib tushishida aybdor deb hisobladi. Bu haqda CNN xabar beradi.

Gutyerres Rid suratga olish maydonchasida o‘qotar qurollar saqlanishi va xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan. Xuddi shu sud Ishida u dalillarni qalbakilashtirish haqidagi alohida ayblov bo‘yicha oqlandi.

Hukm chiqariladigan sana aniq emas. Ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘ldirish ayblovi 18 oylik qamoq jazosi va 5 ming dollar miqdoridagi jarimani ko‘zda tutadi, xolos.

“Zang” filmini tasvirga olish maydonchasidagi voqea 2021-yil oktabrida yuz bergandi, o‘shanda revolverdan otilgan o‘q operator Galina Xatchinsni o‘ldirgandi. Kartina syujeti bo‘yicha aktyor Alek Bolduin quroldan foydalangan, ammo to‘pponcha jangovar patron bilan o‘qlangan bo‘lib chiqqan.

2023-yilda Alek Bolduinga nisbatan ham ehtiyotsizlik bilan odam o‘ldirish ayblovi e’lon qilindi. Ammo prokuratura tomonidan topilgan “qo‘shimcha omillar” tufayli, ushbu ayblov sud boshlanishidan ikki hafta avval bekor qilindi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.