Shvetsiyada NATO mashg‘ulotlari chog‘ida 11 harbiy xizmatchi jabrlandi

Foto: Global Look Press

Shvetsiya hududida bo‘lib o‘tayotgan NATO harbiy mashg‘ulotlari chog‘ida parashyutdan sakrash natijasida 11 nafar harbiy xizmatchi jabrlandi, deb yozadi “Kommersant”. Shved armiyasi vakiliga ko‘ra, jabrlanganlar orasida AQSH, Vengriya va Italiya askarlari bor.

Hodisa Smoland provinsiyasidagi Skillingarid aholi punktida yuz berdi. Jabrlangan harbiy xizmatchilarga sinish va jarohat tashxislari qo‘yildi, ammo ularning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti. 9 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Mashg‘ulotlar chog‘ida 600 dan 800 nafargacha NATO askarlari parashyutdan sakragan. Shvetsiya armiyasi vakili aytishicha, AQSH hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday mashg‘ulotlarda oltitadan 19 tagacha travmalar olinishi mumkin. Shu sababli qo‘mondonlik evakuatsiya yo‘nalishi va kasalxonaga yotqizish punktlarini oldindan belgilab qo‘ygan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.