Farg‘onada betob qizning nomidan akkaunt ochib, pullarni o‘zlashtirib kelgan fuqaro qo‘lga olindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi ayol I.G. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning qizining fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylaganini va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi, deb xabar bermoqda O’zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi D.M. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan D.M., arizachi I.G.ning betob qizi X.L.ning nomidan akkaunt ochib, uning fotosurati va video tasvirlarini hamda o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartalarini uning nomidan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga joylagan va operatsiya uchun xalqdan yordam puli so‘rab, aldash yo‘li orqali fuqarolarning xayriya tariqasida o‘tkazgan pullarini o‘zlashtirib kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan D.M.ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar