Putin armiya haqida soxta ma’lumot tarqatganlik uchun mol-mulkni musodara qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Foto: “RIA Novosti”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin armiya haqida soxta xabarlar tarqatganlik uchun mol-mulkni musodara qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar beradi “TASS”.

Qonun “feyk” xabarlar tarqatganlik va ekstremistik faoliyatga ochiqchasiga da’vat qilganlik haqidagi moddalar bo‘yicha sudlanganlarning mol-mulkini musodara qilish imkoniyatini ko‘zda tutadi.

Bundan tashqari, qonunga muvofiq, dezertirlik, qo‘poruvchilik harakati va davlat sirini oshkor qilish uchun “foydalanilayotgan yoki ularni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan” pul va mol-mulk musodara etiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.