Biznes-ombudsman tadbirkorlarning tashqi reklamasi yo’q qilinishiga munosabat bildirdi

фото: darakchi.uz

O‘zbekiston Biznes ombudsmanı idorasi Toshkent shahrida tadbirkorlarga tegishli reklama konstruksiyalari demontaj qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Shu munosabat bilan Ombudsman agar tashqi reklama obyektlari qonun talablariga javob bermasa, ular noqonuniy hisoblanadi va egalari hisobidan demontaj qilinishi kerakligini eslatdi.

Tashqi reklama obyektlarini oʻrnatish tartibi “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli “Tashqi reklama bozori faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Bundan tashqari, biznes-ombudsman 11-00 qisqa raqamiga qo’ng’iroq qilib, noqonuniy demontaj holatlari haqida xabar berishni tavsiya qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.