Bloger Muxtor Aliy ozodlikka chiqqani xabar berildi
Muxtor Aliy sifatida mashhur bo‘lgan bloger Abror Abduazimov 15 kunlik hibsdan so‘ng ozodlikka chiqqani xabar berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 6-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi qarori bilan, taniqli bloger va diniy voiz Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) ma’muriy ish doirasida qamoqqa olingan edi.
U ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik va ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgandi.
Ulashish:
Sharhlar