Bojxonada 22 ming 500 AQSH dollari qo‘shni davlatga chiqib ketishining oldi olindi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona post orqali qo‘shni mamlakatga chiqish uchun piyoda xolda kirib kelgan fuqaro belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, engidagi kurtkasini cho‘ntaklaridan bojxona nazoratidan yashirilgan 20 ming AQSH dollari hamda egindagi shimi cho‘ntagidan 2 ming 500 AQSH dollari borligi aniqlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati yozmoqda.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Ulashish:
Sharhlar