“Nevarangiz yo‘l transport hodisasiga uchradi, zudlik bilan pul kerak” deya fuqaroni chuv tushirgan firibgar ayol qo‘lga olindi

Buxoro viloyatida yashovchi 83 yoshli D.N. ariza bilan murojaat qilib, 3.000 AQSH dollari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan. Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi ayol S.S. sodir etganligi aniqlangan.

“Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan ayol S.S., jabrlanuvchi D.N.ga qo‘ng‘iroq qilib, uning nevarasi yo‘l transport hodisasiga uchraganligi va zudlik bilan pul kerakligini aytib uni aldab, yashash uyiga kelib 3.000 AQSH dollar pullarini olib ketganligi ma’lum bo‘ldi”, – deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.