Bu yil qancha abituriyentga imtihonda qatnashish uchun ruxsatnoma berildi
Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 687 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi. Bu ko’rsatgich o’tgan yili 948 ming 486 nafarni tashkil etgan edi.
Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 399 nafari xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafari erkaklardan (47,6 %) iborat.
Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan.
Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.
Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.
Sharhlar