Bugungi Ispaniya va Marokash bahsini o‘zbek hakamlari boshqaradi
5-avgust kuni “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi futbol musobaqasida dastlabki yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Marokash – Ispaniya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Mazkur uchrashuv O]zbekiston vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
FIFA hakamlar bo‘limi Olimpiya o‘yinlarining mazkur uchrashuvida o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi ishlashini ma’lum qildi. O‘yinda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam beradi.
Ma’lumot o‘rnida: futbol bahslarining yarim final bosqichidan o‘rin olgan Fransiya – Misr olimpiya terma jamoalari bahsi ertaga 6-avgust kuni o‘tkaziladi.
Ulashish:
Sharhlar