Bugungi Paralimpiya oʻyinlarida Tolibboy Yoʻldoshev oltin, Temurbek Giyazov bronza medallarini qoʻlga kiritdi
Bugungi Paralimpiya oʻyinlarida para yengil atletikachimiz Tolibboy Yoʻldoshev Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga toʻqqizinchi oltin medalni taqdim qildi. F37 klassida disk uloqtirish sektorida ishtirok etgan yurtdoshimiz 57.28 metr natija bilan faoliyatidagi eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etib, oltin medalga sazovor boʻldi.
Shuningdek, para yengil atletikachilarimizdan biri mahoratli sportchi Temurbek Giyazov oʻz nomini Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining sovrindorlari qatoriga qoʻshib qoʻydi. T64 klassida balandlikka sakrash dasturida ishtirok etgan yurtdoshimiz 2.03 metr natija bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozirgacha 9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronzaga yetdi.
Avvalroq, Safiya Burxonova kumush medalga sazovor boʻlganligi haqida xabar berilgan edi.
Sharhlar