Buxoroda fermer ho‘jaligi rahbari 223,6 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irladi
Buxoro viloyatida yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlarida Olot tumanidagi “U.B.” fermer ho‘jaligi rahbari U.R. xo‘jalikka qarashli yer maydoniga ekilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sug‘orish uchun suv nasosini tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 223,6 mln. so‘mlik (82,8 ming kVt-soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari U.R. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Ulashish:
Sharhlar