Putin Kim Chen Inga Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobilni sovg‘a qildi

Foto: “TASS”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDR yetakchisi Kim Chen Inga Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobilni sovg‘a qildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda. Mashina rusumi va modeliga aniqlik kiritilmagan.

KMTA xabariga ko‘ra, sovg‘ani 18-fevral kuni Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon va MQ kotibi Pak Chon Chxon olib ketgan. Kim Chen Inning singlisi aytishicha, Vladimir Putinning hadyasi mamlakat yetakchilari o‘rtasidagi “alohida do‘stona aloqalardan guvohlik beradi”.

Yanvarda Shimoliy Koreya hukumati Vladimir Putin KXDR tashqi ishlar vaziri Soy Son Xi bilan suhbatda yaqin orada KXDRga tashrif buyurishga tayyorligini aytgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremldagilar Putinning KXDRga tashrifi “yaqin kelajakda” amalga oshishiga umid qilayotganini bildirgandi. Tashrif muddatlari diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.