5 oyda 2,2 mln o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida qariyb 2,2 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 569,2 ming nafarga yoki 35,5 % ga oshgan.
Joriy yilning 5 oyida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni:
- Qirg‘iz Respublikasi – 995,3 ming nafar;
- Tojikiston – 449,8 ming nafar;
- Qozog‘iston – 322,5 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni – 100,2 ming nafar;
- Rossiya – 86,5 ming nafar;
- Turkiya – 63,9 ming nafar;
- BAA – 55,7 ming nafar;
- Quvayt – 16,5 ming nafar;
- Misr – 13,5 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 8,3 ming nafar;
- Boshqa davlatlar – 59,5 ming nafar.
Ulashish:
Sharhlar