Durov Telegram’ga Apple va Google tomonidan bo‘layotgan bosim haqida gapirdi

Фото: секрет фирмы

Telegram asoschilaridan biri va bosh direktori Pavel Durov messenjerga eng katta bosim hukumat tomonidan emas, balki Amerikaning Apple va Google korporatsiyalari tomonidan bo‘layotganini aytdi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kompaniyalar Telegram rahbariyatidan ularning tavsiyalariga rioya qilishni ko‘p bora talab qilgan, deb yozadi “Kommersant”.

“Gap so‘z erkinligiga kelganida, ushbu ikki platforma o‘z smartfoningizda o‘qishingiz mumkin bo‘lgan hamma narsaga senzurani pesh qilishi mumkin”, — dedi Durov amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida.

Apple va Google agar Telegram ular tomonidan belgilangan qoidalarga rioya qilmasa, messenjerni ilovalar do‘konidan olib tashlashlari mumkinligiga aniq ravshan ishora qiladi, dedi Durov. U holda, dunyo aholisining katta qismi qimmatli vositadan foydalanish imkonini yo‘qotadi, deya qo‘shib qo‘ydi u.

Surov korporatsiyalarning ba’zi talablari mantiqli ekanini ta’kidladi. Masalan, zo‘ravonlik, diskriminatsiya yoki bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish aks etgan kontentni e’lon qilish bilan bog‘liq taqiq. Shu bilan birga, boshqa masalalarda Apple va Google murosaga kelishdan bosh tortmoqda. Shu sababli, ba’zan Telegram’ning korporatsiyalar platformalari orqali tarqatilayotgan versiyalarida kontentning bir qismini o‘chirishga to‘g‘ri kelmoqda, dedi Durov.

Shuningdek, u Amerika platformalariga xavfsizlik borasida ishonch bildirmasligini aytdi. U uchun xavfsizlik ma’lumotlar maxfiyligini bildiradi, AQSH hukumati esa kuzatuvni ehtiyot chorasi sifatida izohlaydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.