Andijonda Xitoy kompaniyasi bilan chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi
Andijon viloyati delegatsiyasi Xitoydagi xalqaro forumda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xitoyning Futszyan provinsiyasi, Syamin shahrida XXIV xalqaro investitsiya va savdo forumi bo‘lib o‘tdi. Andijon viloyati hokimi topshiriqlariga asosan viloyatimiz mutasaddilari mazkur forumda qatnashib, bir qator yirik kelishuvlarni amalga oshirdilar.
Jumladan, chiqindini qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha “Jin Ming” energetika kompaniyasi bilan 250 million dollar qiymatdagi muhim memorandum imzolandi.
Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan loyiha Andijon tumani hududida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda va qurilish ishlari kelgusi oydan boshlanishiga kelishib olingan.
Bundan tashqari, jami qiymati 100 million dollarlik bo‘lgan 5 ta istiqbolli loyiha ham ko‘rib chiqilmoqda.
Sharhlar