Chiqindini qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi
Koreya kompaniyasi bilan memorandum imzolandi. Unda Andijonda chiqindini qayta ishlash masalasida yangi loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Viloyat rahbari tashabbusi bilan mazkur rejalarni xalqaro hamkorlik asosida amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Koreyalik investor, “Onu H&S” so LTD kompaniyasi bosh direktori Yeom Ki Hun tomonidan umumiy qiymati 80 million dollar bo‘lgan chiqindini qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi taqdim etildi.
Muzorakalar yakunida yuqoridagi loyihani hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan kelishuv memorandumi imzolandi.
Ulashish:
Sharhlar