Farg‘onada chumchuq go‘shtidan taomlar tayyorlanadigan kafe ochildi
Farg‘onada chumchuq go‘shtidan taom tayyorlanadigan yemakxona ochilgani haqida “Ekolog.uz” Telegram-kanali xabar bermoqda. Ushbu kafe Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on dodxoh mahallasida joylashgani aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, chumchuqlar faqat hasharotlar bilan oziqlanadi, poloponlarini ham shu hasharotlar bilan boqadi. Ayniqsa, bahor faslida chumchuqlarning foydasi juda sezilarli boʻladi. Bir juft chumchuq bir oyda 3 kg gacha bogʻ zararkunandalarini yeb bitiradi.
Ekofaollar viloyat Ekologiya boshqarmasi, Ekologik partiyaning viloyat bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar holatga huquqiy baho berishini so‘ramoqda.
Ulashish:
Sharhlar