Cobalt va Spark rusumli avtomashinalari to’qnashib ketdi

Foto: Toshkent shahar IIBB Yo'l harakati xavsizligi boshqarmasi

Bugun soat 09:25 larda Mirzo Ulug’bek tumani Buyuk Ipak yo’li-Uzumzor ko’chalari chorrahasida haydovchi 1994 yilda tug’ilgan M.M. Cobalt rusumli avtomashinasini va haydovchi 2001 yilda tug’ilgan K.S. boshqaruvida bo’lgan Spark rusumli avtomashinalari to’qnashishi oqibatida yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan haqida Toshkent shahar IIBB Yo’l harakati xavsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.

YTH natijasida Cobalt rusumli avtomashina yo’lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.