Dunyo okeanidagi eng katta korall Solomono orollaridan topildi
National Geographic tashabbusi bilan o‘tkazilgan ekspeditsiya davomida olimlar Solomono orollarida dunyodagi eng katta korallni kashf qilishdi. Ushbu korallning o‘lchami zamonaviy dunyoning eng yirik jonzoti — ko‘k kit bilan teng.
Korallning eni 34 metrni, diametri 32 metrni va balandligi 5,5 metrni tashkil etadi. Olimlarning fikricha, ushbu korallning yoshi 300 yildan oshishi mumkin. Korallning sog‘lomligi tadqiqotchilar uchun “umid mayog‘i”, chunki iqlim o‘zgarishi va okean suvining isishi sababli yaqin atrofdagi boshqa yirik koralllarning holati xavf ostida qolgan.
Ekspeditsiya chog‘ida National Geographic operatori M. San Feliks suv ostida xaritada qayd etilgan kemaning qoldiqlarini qidirayotganida, bu yirik korallni kashf etdi. Ushbu topilmani San Feliks tarixiy kashfiyotga qiyoslab, “suv ostidagi ulkan soborni ko‘rgandek his qilish” deb ta’rifladi.
Olimlarning fikricha, bunday korallni aniqlash ilm-fan uchun ulkan ahamiyatga ega. Bundan oldingi eng katta korall Amerikaning Samoa Milliy dengiz qo‘riqxonasida joylashgan “Big Momma” nomli korall hisoblanib, uning diametri 22,2 metrni va yoshi 500 yildan oshishini anglatadi.
Yangi topilgan korallning joylashuvi uning yaxshi holatda qolishiga yordam bergan bo‘lishi mumkin. U katta chuqurlikda joylashganligi va tayfunlar ta’sir doirasidan tashqarida ekanligi sababli, iqlim o‘zgarishlari va global isishdan unchalik zarar ko‘rmagan.
Olimlar ushbu korallni Pavona clavus turiga mansub bo‘lib, u yirikroq dengiz jonzotlari uchun muhim yashash muhitini yaratib berishini qayd etishmoqda. Solomono orollari hukumati mazkur topilma hududga ko‘proq turistlarni jalb qilishiga umid qilmoqda.
Sharhlar