Ukrainaning Chernigov shahriga berilgan raketa zarbasi oqibatida 18 kishi halok bo‘lib, 77 kishi yaralandi

Фото: nv.ua

17-aprel kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Chernigov shahriga uchta raketa bilan zarba berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, oqibatda 18 kishi halok bo‘lib, 77 kishi yaralangan.

Yaralanganlar orasida to‘rt nafar bola bor. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilmoqda. Avariya-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Halok bo‘lganlar orasida 25 yoshli politsiya leytenanti Alina Nikolayets ham bo‘lgani aytilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.