AQSH kongressmenlari shu hafta Ukrainaga yordam haqidagi alohida qonun loyihasini ko‘rib chiqadi

Foto: Reuters

AQSH Kongressining respublikachilar ustunlik qiluvchi Vakillar palatasi bir necha oy davom etgan qarama-qarshiliklardan keyin Kiyevga kengaytirilgan yordam paketini tasdiqlashi mumkin, deb yozadi DW.

Avvalroq bitta hujjatga biriktirilgan Ukrainaga, shuningdek, Isroil va Tayvanga yordam dasturlari, bundan tashqari, milliy xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar alohida qonun loyihalariga ajratilgan. Ular bo‘yicha qaror esa yaqin kunlardayoq qabul qilinishi mumkin. Bu haqda Amerika parlamenti quyi palatasi spikeri Mayk Jonson ma’lum qildi.

“Shu hafta biz tuzatishlar kiritish bo‘yicha tizimli va o‘rinli jarayon bo‘yicha alohida qonun loyihalarini ko‘rib chiqamiz”, — deb yozdi u X ijtmoiy tarmog‘idagi sahifasida Vakillar palatasi respublikachilari bilan uchrashuv yakunlari haqida.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.