FT: Agar YeI Rossiyaga qarshi doimiy sanksiyalar joriy qilsa, AQSh Kiyevga 50 milliard dollar kredit berishga tayyor

Фото: life.ru

Agar Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni cheksiz muddatga uzaytirsa, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 50 milliard dollarlik kredit berishga tayyor, bu qarz Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foyda hisobiga to‘lanadi.

Nashrning yozishicha, bu taklif bugun Yevropa Ittifoqi moliya vazirlari yig‘ilishida muhokama qilinadi. Hozirda Yevropa Ittifoqi sanksiyalari har olti oyda uzaytiriladi.

Kredit tafsilotlari – foiz stavkasi, to‘lov shartlari va berish mexanizmiga hali oydinlik kiritilmagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.