Toshkentning ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 1-avgust kuni Toshkentning ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ Axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlarda elektr ta’minoti bo‘lmaydi:
- Mirobod tumani: “Sarakul” MFYning ayrim hududlarida bugun soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Chilonzor tumani: 8-mavze va “Do‘mbirobod” MFYlarining ayrim hududlarida bugun soat 09:30 dan 18:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib o‘tildi.
Ulashish:
Sharhlar