Isroil “HAMAS” bilan urushda 571 nafar harbiysini yo‘qotgan

Foto: Global Look Press

2023-yil oktabrida nizo kuchayganidan buyon Falastinning “HAMAS” harakati bilan janglarda Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL)ning 571 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan. Bu haqda Times of Israel SAXAL matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yaqinda Xan-Yunisdagi janglarda 20 yoshli harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Yana sakkiz nafar harbiy o‘sha hududda yaralangan. G‘azo sektorida yer usti operatsiyasi boshlanganidan keyin halok bo‘lgan isroillik harbiy xizmatchilar soni 234 kishiga yetgan.

Nashr eslatishicha, 13-fevral kuni Qohirada Isroil va “HAMAS” o‘rtasida asirlarni ozod qilish uchun o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. “HAMAS” a’zolari Isroil o‘zining 134 nafar asirlari evaziga o‘z qamoqxonalaridan 1,5 ming mahbusni ozod etishini talab qilmoqda. Shu bilan birga, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 2023-yil noyabrida amal qilgan, bitta asir evaziga uch nafar falastinlik mahbus sxemasi bo‘yicha ayirboshlashuvga rozi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.