AQSHning Tennessi shtatida samolyot qulab tushdi, bir necha kishi halok bo‘ldi

Фото: wate

AQSHning Tennessi shtati Neshvill shahrida kichik samolyot qulab tushdi, bir necha kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Neshvill shahar politsiya bo‘limi.

Hodisa G‘arbiy Neshvillda, 40-shtatlararo avtomagistral bo‘yida, savdo markazi orqa tomonida yuz bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot uchuvchisi dvigatel bilan muammolar yuzaga kelgani tufayli, Jon Tyun aeroportiga shoshilinch qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan. Politsiya xabar berishicha, samolyotda bo‘lgan odamlarning barchasi halok bo‘lgan, ammo bortda necha kishi bo‘lgani hozircha noma’lum.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.