Jeff Bezos dunyoning eng boy odamlari reytingida Ilon Maskdan o‘zib ketdi

Фото: Lent.ru

Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos Bloomberg talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamalri reytingida yetakchilik qildi, deb yozadi “RBK”. U sakkiz oy mobaynida ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallab kelgan Tesla, SpaceX va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskdan o‘zib ketdi.

Bunga Tesla aksiyalari qiymati 7 foizdan ko‘proq pasayib ketgani sabab bo‘ldi. Bezosning davlati 200 milliard dollar, Maskniki esa 198 milliard dollarga baholanmoqda. Bloomberg oktabrda Amazon asoschisi kapitali qiymatini 156 milliard dollarga baholagandi.

Reytingning uchinchi pog‘onasida LVMH guruhi egasi Bernar Arno joylashdi, uning boyligi 197 milliard dollarga teng. To‘rtinchi o‘rinda — 179 milliard dollar bilan Meta rahbari Mark Sukerberg bormoqda. Microsoft asoschisi Bill Geyts esa beshinchi o‘rinni egalladi, uning kapitali 150 milliard dollarga baholandi.

Dunyoning eng boy odamlari o‘nligiga, shuningdek, Microsoft sobiq bosh ijrochi direktori Stiv Balmer (143 milliard dollar), Berkshire Hathaway asoschisi Uorren Baffet (133 milliard dollar), Oracle asoschilaridan biri Larri Ellison (129 milliard dollar) hamda Google asoschilari Larri Peyj (122 milliard dollar) va Sergey Brin (116 milliard dollar) ham kirdi.

Jeff Bezos sayyoraning eng badavlat odami nomini 2017—2020-yillarda saqlab kelgan. 2021-yil yanvarida Mask birinchi marta eng boy odamlar ro‘yxatida yetakchilik qilgan. Shundan keyin Bezos o‘sha yil fevralida ikki martagina yetakchilikni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.