AQSH KXDR bilan hamkorlik qilgan Rossiya kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

Foto: AP

AQSH va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning ommaviy qirg‘in qurolini yaratish dasturini qo‘llab-quvvatlaganlik uchun Rossiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklaridan olti nafar jismoniy va ikki nafar yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi saytida xabar berildi.

Sanksiyalar ostida boshqa xalqaro firmalar bilan bir qatorda Rossiyaning “Alis” kompaniyasi ham tushgan bo‘lib, u Vladivostokda joylashgan va KXDRning AQSH cheklovlariga uchragan Chinyong kompaniyasi bilan aloqadordir. Vashington da’vo qilishicha, Chinyong Rossiya va Laoda ishlayotgan “minglab shimoliy koreyalik IT-mutaxassislar”ni boshqarish uchun kompaniyalar va vakillar tarmog‘idan foydalanadi.

Shuningdek, Vashington va Seul olti nafar shimoliy koreyalikka qarshi sanksiyalar kiritdi, ular orasida KXDRning Daesong Bank va Jinmyong Joint Bank banklari bor.

Avvalroq KXDR Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berganidan keyin Rossiya Shimoliy Koreyaning Rossiya bankiga qo‘yilgan 30 million dollar muzlatilgan mablag‘larning 9 millionini blokdan chiqargani, va, ehtimol, unga xalqaro bank tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritishda yordam berayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.