Ellikqalʼada hokim yordamchi imtiyozli kreditlarni talon-taroj qildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanidagi mahallalardan biridagi hokim yordamchisi 33 nafar fuqaroga imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tavsiyanomalar rasmiylashtirib, ular nomiga bankdan jami 1 mlrd. 88 mln. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilishiga muvaffaq boʻlgan.
Soʻngra oʻzining tanishi boʻlgan fuqaro nomiga MCHJ tashkil qilib, amalda uni norasmiy tarzda boshqarib, 1 mlrd. 88 mln. soʻmni goʻyoki turli xil mahsulotlar xarid qilish uchun mazkur MCHJ hisob raqamiga oʻtkazgan va naqdlashtirish orqali talon-toroj qilgan.
Bundan tashqari, hokim yordamchisi oʻzining turmush oʻrtogʻi va singlisi nomiga olingan jami 65,9 mln. soʻm kredit mablagʻlarini ham maqsadsiz sarflab yuborgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddalari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar